Har bir uy bekasi Yangi yil bayrami uchun bayramona kechki ovqat
tayyorlab, shohona dasturxon yasatishga intiladi. Yangi yil dasturxoni
uchun mukammal va tantanali kechki ovqatni qanday tashkillashtirish
mumkin?
Ideal ko’rinishdagi yangi yil dasturxoni –
tayyorlangan taom va stol yasatilishi orasidagi uyg’unlikka bog’liq.
Hattoki eng oddiy taomni ham chiroyli bezab, ajoyib ko’rinishda
servirovka qilingan stolga qo’yilsa, Yangi yil bayramiga hos taassurot
qoldiradi va mazaliroq tuyuladi. Shuning uchun bayram kechki taomining
yasatilishiga uning tayyorlanishi bilan teng ko’rinishda e’tibor
qaratish kerak.
Stol ustiga dasturxon yopilishi shart. Yangi 2018 yilni kutib olish
uchun zig’ir matodan tayyorlangan, klassik oq rang sariq, yashil va
olovrang hoshiya bilan yaratilgan yoki kulrang, och jigarrang, tillarang
dasturxonlarni tanlash mumkin.Mehmonlar uchun mo’ljallangan salfetkalar
esa dasturxon matosidan tikilgan bo’lib, rangi bir-biriga mos kelishi
lozim.
Agar salfetkalarni yasatishga maxsus uzuk (koltso)lardan foydalansangiz,
bu yil uchun yog’ochdan yasalgan turini tanlang.
Stol markaziga bayramona kayfiyat berish maqsadida unchalik katta
bo’lmagan kompozitsiyani joylashtiring. Misol uchun shisha idishni olib,
uni archa shishkasi, tillarang sharlar va dekorativ sovg’a qutichalari
bilan to’ldirish mumkin. Archa shoxlaridan chambarak tayyorlab, uni
munchoqlar va tillarang shishkalar bilan bezatsangiz ham bo’ladi, o’rta
qismiga esa chiroyli shamchani joylashtirib qo’yasiz.
Yangi yil uchun yana bir variant: kichikroq patnisni olib, uning ustida
archa shoxlaridan tayyorlangan kompozitsiya, bir nechta shishka,
tillarang sharchalar, mandarin va gelli shamlarni joylashtiring.
Kirib kelayotgan 2018 yil Xitoy taqvimi bo’yicha Sariq Yer Iti yili sanaladi. Ushbu yil sohibasining ko’nglini topish uchun bayram dasturxoniga nimalar qo’yish kerak?Mavzuni yangi yil dasturxoni mo’l-ko’l, unga tortilgan taomlar esa oddiy va to’yimli bo’lishi kerakligidan boshlaymiz. Ushbu yil dasturxonida ko’p miqdorda go’sht, xususan mol va qo’y go’shti bo’lishi lozim. Shuningdek Yangi yil dasturxoniga bekalar tomonidan go’shtli gazaklar, go’shtli va pishloqli kompozitsiyalar, tarkibida go’sht bo’lgan issiq ovqat tortilgani ma’qul. Stol uchun baliq ham pishirish mumkin, ammo u albatta dengiz balig’i bo’lishi darkor. Go’sht yoniga sabzavotlar, mevalardan esa olma va apelsin qo’yib, ularning yoniga desert ham qo’shing. Agar bayram uchun pishiriq tayyorlamoqchi bo’lsangiz, xamirturushli yeguliklardan voz kechgan holda qatlama xamirli yoki uvalanuvchan (pesochniy) xamirdan tayyorlanadigan pishiriqlar tayyorlang.
Desert sifatida mehmonlaringizga uvalanuvchan pechenye, qaymoqli sous bilan tayyorlangan olcha, vaflili trubkachalar va tvorogli krem taklif qilishingiz ham mumkin. Yangi yil tamaddisining so’ngida esa mayin yogurtli tort yoki yong’oqli va shokoladli rulet beriladi. Ichimliklar sifatida bir necha hil ko’rinishdagi sharbat, mineral suv va gazsiz suv ham harid qiling. Shuningdek bir muddat avval o’tmish bilan yuzlashgan bayram an’anasi bo’lmish klyukvali mors tayyorlashni ham yodga olish mumkin. Agar do’konlardan limonad topa olsangiz, dasturxoningizni u bilan ham boyiting. Barcha ichimliklar mehmonlar qarshisiga 12-14 daraja haroratda sovitilgan ko’rinishda beriladi. Stolga suv, sharbat va mors uchun bokal, shampan vinosi uchun fujer, vino uchun bokal joylashtirilishi kerak.
Sariq It yili dasturxonida nimalar bo’lishi lozim?
Kirib kelayotgan 2018 yil Xitoy taqvimi bo’yicha Sariq Yer Iti yili sanaladi. Ushbu yil sohibasining ko’nglini topish uchun bayram dasturxoniga nimalar qo’yish kerak?Mavzuni yangi yil dasturxoni mo’l-ko’l, unga tortilgan taomlar esa oddiy va to’yimli bo’lishi kerakligidan boshlaymiz. Ushbu yil dasturxonida ko’p miqdorda go’sht, xususan mol va qo’y go’shti bo’lishi lozim. Shuningdek Yangi yil dasturxoniga bekalar tomonidan go’shtli gazaklar, go’shtli va pishloqli kompozitsiyalar, tarkibida go’sht bo’lgan issiq ovqat tortilgani ma’qul. Stol uchun baliq ham pishirish mumkin, ammo u albatta dengiz balig’i bo’lishi darkor. Go’sht yoniga sabzavotlar, mevalardan esa olma va apelsin qo’yib, ularning yoniga desert ham qo’shing. Agar bayram uchun pishiriq tayyorlamoqchi bo’lsangiz, xamirturushli yeguliklardan voz kechgan holda qatlama xamirli yoki uvalanuvchan (pesochniy) xamirdan tayyorlanadigan pishiriqlar tayyorlang.
Yangi yil uchun yaxna va issiq gazaklar
Har qanday bayramona tanovul gazaklar, ya’ni zakuskalardan boshlanadi. Mazkur Yangi yil dasturxonida go’shtli assorti albatta qatnashishi kerak. Klassik ko’rinishdagi go’shtli assorti rostbif, yupqa qilib kesilgan va qaynatilgan buzoq go’shti, vetchina va qaynatilgan tildan tashkil topadi. Shuningdek 2018 yil dasturxoni uchun marinadlangan qo’ziqorinlar bilan birga seld balig’i, sardakli mol yoki baliq go’shti tortiladi. Bayram dasturxoningizni baqlajon, kabachki va vetchinali ruletlar, qiymali tuxum, karamli assorti, marinadlangan pomidor, bodring, piyoz va qo’ziqorin bilan ham to’ldirishni unutmang. Salatlardan an’anaviy “Olivye”, “Pod shuba”, “Vinegret” va baliqli turlarni tanlashingiz mumkin. Gazaklarning bunday tanlovi yil sohibasi bo’lmish Sariq it tomonidan ma’qullanadi va u to’yimli, an’anaviy va oddiy taomlarni xush ko’radi. Sovuq gazaklar bilan bir qatorda yaqinlaringiz va mehmonlarni issiq gazak bilan ham siylashingiz mumkin. Misol uchun qaymoqqa dimlangan qo’ziqorin, go’shtli qiyma solingan konvertlar, tuxum va vetchinali kartoshka uychalari aynan shu tanlovga mos keladi. “Kartoshkali uya” – issiq gazaklar orasidagi eng mazalilaridan biri bo’lib, u bayram dasturxonining diqqat jalb qiluvchi yeguligiga aylanishi turgan gap. Gazakni tayyorlash uchun 20 daqiqa vaqt kerak bo’ladi. Buning uchun kartoshkani avvaldan tozalab olasiz va tuxumni qaynatasiz. Kartoshkali uyachalar hosil qilish uchun ularni qirg’ichdan o’tkazib olgancha g’alvir (sito) ustiga qo’yib, ma’lum bir portsiyasidan kichik uyachalar yasaysiz. Kartoshkani g’alvirning o’zi bilan qaynab turgan zaytun yog’iga botirasiz. Qovurilgan kartoshkalarni salfetka ustiga joylashtirib, ortiqcha yog’i ketgach, har bir uyacha ichiga beshamel sousi yoki mayonez, yarimta tuxum, somoncha shaklida to’g’ralgan vetchina va danaksiz zaytun donalari solinadi. Yangi yil taomlarini issiq holida va salat barglarida dasturxonga torish kerak. Agar taomlarni avvalroq tayyorlab qo’ygan bo’lsangiz, ularni stolga uzatishdan avval bir necha daqiqa gaz pechida ushlab tursangiz bas.Yangi yil uchun issiq taomlar
Mazkur yilda issiq taom sifatida go’shtli ovqatlar tayyorlagan ma’qul. Eng yaxshisi, buning uchun buzoq, mol yoki qo’sh go’shtini tanlang. Qo’y go’shtini qora olxo’ri bilan dimlash yoki qovurg’asini gaz pechida pishirish mumkin. Agar bayram uchun go’shtni rozmarin va xushbo’y ziravorlar hamda oq vino aralashmasida 1 kecha davomida marinadlab, maxsus yengda pishirib olsangiz, o’ta mayin va o’tkir ta’mga ega bo’lmagan ajoyib taom hosil bo’ladi. Buzoq yoki mol go’shtini pishirish uchun variantlar juda ko’p. Agar dasturxonga o’ziga hos taom tortmoqchi bo’lsangiz, go’shtni quritilgan mevalar bilan pishiring yoki issiq brusnika hamda klyukva sousi bilan uyg’unlashtiring.Yangi yil garnirlari
Go’sht uchun eng ommabop garnir kartoshka bo’lib, uni shunchaki piyoz hamda ziravorlar bilan qovurib olish, gaz pechida qaymoq yoki xushbo’y giyohlar ko’magida pishirish, aerogrilda tayyorlash yoki qaynayotgan zaytun yog’ida qovurib olish mumkin. Kartoshkali pyure esa quruq mevalar bilan pishirilgan go’shtga mos keladi. Uni qandolat shpritsi yordamida likop ustiga archa shaklida siqib chiqargan holda gaz pechida pishirib olish ham mumkin. Taomning yuqori qismini esa pomidordan kesilgan yulduz bilan bezab qo’yasiz. Gaz pechida pishirilgan go’shtli taomlarni sabzavot aralashmali garnirlar, jumladan piyoz, bulg’or qalampiri va pomidordan tayyorlangan ragu yoki grilda tayyorlangan sabzavotlar bilan birga stolga tortsa bo’ladi. Bug’da pishirilgan bryussel karami yoki klyardagi gulkaram juda yengil garnirlardan biri bo’lib, u deyarli barcha taomlarga mos tushadi. Qo’y go’shtini esa bulg’or qalampiri va loviya qo’shilgan guruch bilan dasturxonga torting. Uni tayyorlash uchun bulg’or qalampiri va piyoz to’g’rab, qovuriladi va sabzavotlar ustiga yuvilgan guruch qo’shib, ziravorlar sepiladi. Yana ozroq qovurilgach, po’sti archilgan pomidor solinadi va qopqog’i yopilib, 10 daqiqaga dimlab qo’yiladi. Taom ustidan sabzavot bulyoni quyiladi, yana 10 daqiqa dimlanadi. Taomga tomat pastasi va konservalangan qizil loviya qo’shib, tuz va murch sepiladi. So’ng yana bir muddat dimlanadi va maydalangan ko’katlar bilan dasturxonga tortiladi.Desert va ichimliklar
Mazkur yilda desert tayyorlash uchun yil sohibasi bo’lmish Itning sevimli mevalari: olma va apelsindan foydalanish mumkin. An’aaviy yangi yil deserti sifatida olmali pechenyelar tavsiya etiladi. Ularni asal, tvorog, mayiz, yong’oqlar, ejevika, muzqaymoq va vanilli sous bilan tayyorlash mumkin. Shuningdek desertlardan olmali nachinka bilan pishirilgan qatlama xamirli konvertchalar, olmali shtrudel yoki pastila ham mos keladi. Apelsin bilan ham bundan-da ko’proq Yangi yil desertlarini tayyorlash mumkin. Apelsinli ponchiklar, sharlotka, apelsinli muss va apelsinli sufle shular jumlasidandir. “Apelsinli sufle” juda mazali va orginal yangi yil deserti bo’lib, issiq holida bayram stoliga tortiladi. Uning tayyorlanishi uchun esa 200 gr shakar va 2 stakan suvdan sirop qaynatib olinadi. 6 dona apelsin o’rtasidan kesilib, ichki qismi tashqariga chiqarib olinadi va maydalab, sirop ichiga solinadi. Sirop shaffof ko’rinishga kirgunicha yaxshilab qaynatiladi. 5 ta tuxum oqi ko’pik holiga keltirilib, ichiga tayyor apelsin murabbosi qo’shiladi va ko’pirtirish davom ettiriladi. Keyin esa asta-sekin 2 oshqoshiq elangan kraxmal qo’shib, hosil bo’lgan massa apelsin po’stloqlari ichiga solib chiqiladi. Sufle gaz pechida 15 daqiqa davomida pishiriladi va issiq holida ustiga qand upasi sepib stolga tortiladi. Mazkur desert kirib kelayotgan yilning sariq rangini o’zida aks ettirgan.Desert sifatida mehmonlaringizga uvalanuvchan pechenye, qaymoqli sous bilan tayyorlangan olcha, vaflili trubkachalar va tvorogli krem taklif qilishingiz ham mumkin. Yangi yil tamaddisining so’ngida esa mayin yogurtli tort yoki yong’oqli va shokoladli rulet beriladi. Ichimliklar sifatida bir necha hil ko’rinishdagi sharbat, mineral suv va gazsiz suv ham harid qiling. Shuningdek bir muddat avval o’tmish bilan yuzlashgan bayram an’anasi bo’lmish klyukvali mors tayyorlashni ham yodga olish mumkin. Agar do’konlardan limonad topa olsangiz, dasturxoningizni u bilan ham boyiting. Barcha ichimliklar mehmonlar qarshisiga 12-14 daraja haroratda sovitilgan ko’rinishda beriladi. Stolga suv, sharbat va mors uchun bokal, shampan vinosi uchun fujer, vino uchun bokal joylashtirilishi kerak.
Комментарии
Отправить комментарий