Yurtdoshlarimiz poytaxtimizdagi "Mega Nukus" savdo markazini qachon ochilishiga qiziqmoqda!? Men shu savolga javob olish maqsadida "Mega Nukus" adminstratoriga murojaat qildim. Siz ham quyidagi intervyudan javob olishingiz mumkin: 1. Mega Nukus savdo markazi qachon ochiladi? - 2019-yil 1-martda ochiladi va xalqqa xizmat ko'rsatishni boshlaydi. 2. Savdo markazda qanday xizmatlar mavjud? 1-qavatda oziq-ovqat mahsulotlari, 2-3-4-qavatlarda savdo markazlari, 5-qavatda ko'ngil ochar maydonchalar bo'lishi rejalashtirilgan. 3. Bugungi kunda odamlar orasida Mega Nukusga kirib suratga tushish 2000 so'm ekan, hattoki kirish ham pulli va muzey vazifasini bajarayotgan ekan degan gaplarni eshityabmiz, shu gaplar rostmi? -Yo'q, bu gaplarning barchasi faqatgina mish-mish. Hech qanday pulli emas. Mega Nukus adminstratsiyasi Ma'lumotlar olingan sana: 02.02.2019
30-yanvar kuni I.V Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston davlat san'at muzeyida navbatdagi "Fauna Sadosi" nomli navbatdagi ko'rgazma ochildi. Bu ko'rgazmada meni o'ziga tortgan kartina Alisa Poretni mushugi bo'ldi. Alisa Poret Rus rassomi hisoblanadi. Hozirgi Sankt-Peterburg shahrida dunyoga kelgan. Alisa Poret yoshligidan juda yaxshi o'qigan va shu bilan birgalikda beshta tilda bemalol gaplasha olgan. Alisa Poretni mushugi haqida ma'lumotlar meni juda qiziqtirdi va men ko'rgazmalar bo'limi boshlig'i Miyrigul Erekeevaga murojaat qildim. Miyrigul Erekeevani bergan ma'lumotiga qaraganda " Bu Alisa Poretning mushugi bo'lib hisoblanadi. Mushukning o'zi belgilangan vaqtda ovqatlanar, ovqat kechki payt 19:00 dan kechiksa, qattiq asabiylashar va tanovuldan voz kechar ekan. Alisa Poret mushugining muomulasidan ta'sirlanib ushbu asarga qo'l urgan va mushugining xarakterini chizgan surati orqal